AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistonidagi amerikalik diplomatlarga mamlakatning uchta aeroportidan foydalanishni oldindan kelishish majburiyatini yukladi.
Bu haqda AQShning Ar-Riyoddagi elchixonasi saytida ma’lum qilindi.
Vazirlik, shuningdek, Amerika fuqarolariga havo transportidan foydalanmaslikni va avtomobil yoki poyezdlarda harakatlanishni tavsiya qildi.
Shuningdek, diplomatlarga Yaman chegarasidan 32 kilometrdan yaqin masofaga borish taqiqlandi. Cheklovlar Yamanning “Ansar Alloh” harakati (husiylar) tomonidan amalga oshirilayotgan zarbalar fonida joriy etilgan.
Endilikda amerikalik davlat xizmatchilari Dammam va Jidda shaharlari aeroportlaridan foydalanish uchun maxsus ruxsatnoma olishlari kerak. Avvalroq Davlat departamenti Ar-Riyoddagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportdan foydalanishga xuddi shunday cheklovlar kiritgan edi.