AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni narkokartelga rahbarlik qilganlikda aybladi.
Rubio bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, “noqonuniy Maduro” AQSh Davlat departamenti xorijiy terrorchilik tashkiloti ro‘yxatiga kiritmoqchi bo‘lgan "Los Soles" kartelining rahbari hisoblanadi. Rubio Maduro guruhi Venesuelada “davlat institutlarini buzgan” va “terrorchilik zo‘ravonligi” uchun javobgarlikka tortilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq AQShning USS Gerald Ford aviatashuvchi kemasi Karib dengiziga yetib kelgan edi. 19 oktyabr kuni AQSh armiyasining elita bo‘linmasi Venesuela yaqiniga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq AQSh armiyasi Karib dengizida operasiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi. Donald Tramp yaqin orada AQSh Venesuyeladagi narkokartellarga qarshi “quruqlik operasiyalari”ni boshlashini aytdi.