Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Davlat kotibi va Rossiya TIV rahbari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

AQSh Davlat kotibi va Rossiya TIV rahbari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Sergey Lavrovning AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan suhbatining batafsil bayonotini e’lon qildi.

Biroq unda Ukraina urushi faqat bitta jumlada tilga olinadi: "Ukraina atrofidagi vaziyatni tartibga solish, Falastin va umuman Yaqin Sharqdagi hamda boshqa mintaqaviy yo‘nalishlardagi holatlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka tayyorlik bildirildi".

Bayonotda asosan ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvini o‘tkazishga tayyorgarlik masalasi ko‘tarilgani aytiladi.

Shu bilan birga, bayonotda sanksiyalar haqida ancha batafsil ma’lumot berilgan: "AQShning avvalgi ma’muriyatidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlama to‘siqlarni olib tashlash, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investision hamkorlik yo‘lini ochish. Shuningdek, ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar haqida so‘z yuritilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu cheklovlar prezident Barak Obama ma’muriyati davrida boshlanganini alohida ta’kidlagan.

Kiritildi: 09:37 16.02.2025. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!