AQSh Davlat kotibi Marko Rubio tashrif buyuradigan birinchi davlat Panama bo‘ladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
"Keyingi haftada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tashrif AQSh prezidenti Donald Trampning Panama kanaliga bo‘lgan da’volari fonida amalga oshiriladi", deb yozadi agentlik.
Bundan tashqari, Marko Rubio Lotin Amerikasi mintaqasining Gvatemala, Salvador va Kosta-Rika davlatlariga ham borishi kutilmoqda.