Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Londondagi muzokaralarda ishtirok etmaydi

 AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Londondagi muzokaralarda ishtirok etmaydi

Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Temmi Bryus ma’lum qildi.

"Rubio juda band inson. U Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng faol davlat kotiblaridan biri, balki eng faolidir. Bu, albatta, uning har kuni qanday o‘tishiga ta’sir qiladi. Aynan shu sababli, Londondagi uchrashuvlarda davom etayotgan bo‘lsa-da, Marko Rubio qatnashmaydi. AQSh nomidan muzokaralarda prezident Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellog ishtirok etadi", — dedi Bryus.

Financial Times nashrining Kiyevdagi muxbiri Kristofer Millerning ta’kidlashicha, Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ham Londondagi muzokaralarida qatnashmaydi.

Kiritildi: 13:32 23.04.2025. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!