Virjiniya shtatining Sharqiy okrugi AQSh Davlat departamentining sobiq xodimini maxfiy ma’lumotlarni to‘plash va Xitoy razvedka xizmatlariga uzatgani uchun to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Bu haqda sud materiallarida aytilgan.
Tergov aniqlaganidek, 42 yoshli Maykl Charlz Skina internetda o‘zini xalqaro konsalting kompaniyalari xodimlari sifatida tanishtirgan odamlar bilan tanishgan. 2022 yilning aprel oyidan boshlab u turli elektron platformalar orqali ular bilan bog‘lanib, pul kompensasiyasi evaziga maxfiy ma’lumotlarni ularga uzatgan.
AQSh Adliya vazirligining hisobotida ta’kidlanganidek, Skina suhbatdoshlari XXR hukumati manfaatlarini ko‘zlab ish tutayotgani to‘g‘risida yetarlicha aniq signallarni olganidan keyin ham ular bilan muloqot qilishni davom ettirdi.