AQSh Davlat departamenti xavfsizlik tahdidlari tufayli zarur bo‘lmagan davlat xodimlari va ularning oila a’zolariga Saudiya Arabistonini tark etishga ruxsat berdi.
Bu haqda AQSh diplomatik vakolatxonasi veb-saytida e’lon qilindi.
"Davlat departamenti favqulodda bo‘lmagan AQSh hukumati xodimlari va AQSh hukumati xodimlarining oila a’zolariga xavfsizlik tahdidlari tufayli Saudiya Arabistonini tark etishga ruxsat berdi", deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, mintaqadagi keskinlikning kuchayib borayotgan bir paytda, Saudiya Arabistonida Erondan dron va raketa hujumlari xavfi saqlanib qolmoqda.