AQSh Davlat departamentining Xorijiy ommaviy axborot vositalari markazlari hukumat tomonidan moliyalashtirish to‘xtatilgan vaqt davomida yopiladi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti bayonot berdi.
"Xorijiy ommaviy axborot vositalari markazlari AQSh hukumati moliyalashtirishni to‘xtatib turish muddati davomida yopiladi. Hayot xavfsizligi, mulkni himoya qilish va milliy xavfsizlik bo‘yicha shoshilinch savollar bo‘yicha Davlat departamentining elektron pochta manziliga murojaat qiling. Moliyalashtirish to‘xtatilganidan keyin biz o‘z faoliyatini davom ettiramiz", — deyiladi bayonotda.
Hujjatda aniqlik kiritilishicha, istisnolar faqat AQSh milliy xavfsizligini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik va tashqi siyosat bilan bog‘liq funksiyalarga taalluqlidir.