AQSh Davlat departamenti vakili Kris Karran ilk bor Ukraina inqirozini tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etdi.
Bunga qadar uning tegishli munozaralarda ishtirok etgani haqida xabar berilmagan edi.
Amerika tashqi siyosat idorasi saytida ko‘rsatilishicha, Karran Siyosiy rejalashtirish boshqarmasida siyosiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchi lavozimida faoliyat yuritadi.