Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti Ukrainaga 2,68 milliard dollarlik havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari sotilishini ma’qulladi

AQSh Davlat departamenti Ukrainaga 2,68 milliard dollarlik havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari sotilishini ma’qulladi

"Ukrainaga 2,68 milliard dollarlik havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarining ehtimoliy savdosi ma’qullandi. Kelishuv Ukraina uchun havo hujumiga qarshi mudofaasini modernizasiya qilish vositalari va unga yondosh uskunalarni xarid qilishni ko‘zda tutadi", deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Agar buni AQSh Kongressi tasdiqlasa va bitim tuzilsa, Ukraina ushbu xaridni Yevropa mamlakatlari tomonidan o‘tkazilgan badallar hamda Qo‘shma Shtatlarning avvalgi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ajratilgan “Xorijiy harbiy moliyalashtirish” (FMF) dasturi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi.

Kiritildi: 14:31 19.09.2026. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!