AQSh Davlat departamenti Isroilga 18,82 milliard dollarlik qurol eksportini ma’qulladi.
Qo‘shma Shtatlar Kongressiga yuborilgan bildirishnomaga ko‘ra, 2029 yilda Isroilga 50 ga yaqin F-15 qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishi kerak. Bundan tashqari, Isroil Mudofaa vazirligi AQShdan 50 mingtagacha minomyot snaryadlari va harbiy transportyor sotib oladi.