Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti G‘arbiy Bolqon mamlakatlaridagi jinoiy tarmoqlar tahdidi haqida ogohlantirdi

AQSh Davlat departamenti G‘arbiy Bolqon mamlakatlaridagi jinoiy tarmoqlar tahdidi haqida ogohlantirdi

G‘arbiy Bolqon mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan transmilliy jinoiy tarmoqlar, jumladan, ushbu mintaqadan tashqarida ham AQSh fuqarolari uchun tahdid tug‘dirmoqda.

Bu haqda AQSh Davlat departamentining Xalqaro giyohvandlik moddalariga qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) xodimlari amerikalik rasmiylar bilan Serbiyaning «Talabalar ro‘yxati» vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, talabalar harakatining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlari INLning Serbiyadagi faoliyatini to‘ldirib bormoqda.

Shu bilan birga, AQSh tomoni uchrashuvda muhokama qilingan masalalar va talabalarning jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi aniq harakatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

Uchrashuvda AQSh delegasiyasiga Davlat kotibi Marko Rubio yordamchisi Brendan Hanraxan rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, INL AQSh Davlat departamentining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga xalqaro jinoyatchilik va giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, shuningdek, hamkor davlatlarda sud va huquqni muhofaza qiluvchi institutlarni mustahkamlash kiradi.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik