AQSh Davlat departamenti Eron Amerika harbiy bazalariga hujum qilgan taqdirda javob zarbasi “juda kuchli” bo‘lishini bildirdi.
Fors tilida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, Vashington Eron Islom Respublikasi AQSh bazalariga hujum rejalarini tayyorlayotgani haqidagi xabarlardan xabardor.
Bayonotda Prezident Donald Trampning barcha variantlar kuchda qolishi haqidagi so‘zlari esga olingan hamda agar Eron Amerika ob’ektlariga hujum qilsa, u “o‘ta qudratli kuch”ga duch kelishini ta’kidlangan.
“Biz buni avval ham aytganmiz va yana takrorlaymiz: Tramp bilan o‘yin o‘ynamang”, — deyiladi bayonotda.