AQSh prezidenti Donald Tramp, agar u Vashingtonga "Grenlandiyani olishga" yordam bermasa, Qo‘shma Shtatlarni Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotidan (NATO) chiqarib yuborishi mumkinmi, degan savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan qochdi.
Tramp jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
"NATOning Grenlandiya masalasida biz bilan qanday aloqada bo‘lishini ko‘ramiz. Bizga milliy xavfsizlik uchun Grenlandiya juda kerak. Agar biz bunga erisha olmasak, ayniqsa, Oltin Gumbaz loyihasi va boshqa barcha narsalar bo‘yicha harakatlarimizga kelsak, bizda katta milliy xavfsizlik bo‘shlig‘i paydo bo‘ladi. Shu tariqa biz NATO bilan gaplashyapmiz", deya qo‘shimcha qildi u.