Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Davlat departamenti Ar-Riyoddagi muzokaralar bo‘yicha bayonot berdi – Reuters

AQSh Davlat departamenti Ar-Riyoddagi muzokaralar bo‘yicha bayonot berdi – Reuters

Davlat departamenti ushbu uchrashuv "mustahkam tinchlik" uchun yetarli emasligini, biroq muhim qadam tashlanganini ta’kidladi.

Rubio va Lavrov Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarda "keskinlik omillarini" bartaraf etish uchun maslahatlashuv mexanizmi yaratishga kelishib oldilar. Shuningdek, Ukraina mojarosi bo‘yicha ish boshlash uchun yuqori darajadagi guruhlar tayinlashga rozi bo‘ldilar.

"Umuman olganda, tomonlar diplomatik munosabatlarni normallashtirish ustida ishlash niyatida, biroq Ukraina mojarosini hal qilish uchun bitta uchrashuv yetarli emas. Bundan tashqari, tomonlar “umumiy geosiyosiy manfaatlar” va urush tugaganidan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy imkoniyatlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar", deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Kiritildi: 19:16 18.02.2025. O'qildi: 2420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!