AQSh hukumati, Vashingtonga ko‘ra, Amerika fuqarolarining so‘z erkinligi huquqlarini buzishga aloqador bo‘lgan xorijiy amaldorlar va shaxslar uchun yangi viza cheklash siyosatini joriy etishga qaror qildi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
"Juda uzoq vaqt davomida amerikaliklar so‘z erkinligi huquqlaridan foydalangani uchun xorijiy hukumatlar tomonidan jarimaga tortildi, ta’qib qilindi va hatto ayblandi. Bugun men amerikaliklarni senzura qilishda ishtirok etgan xorijiy rasmiylar va shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan yangi viza cheklovlari siyosatini e’lon qilaman", - dedi u.