AQSh byudjeti taqchilligi o‘tgan yili 320 milliard dollarga oshib, 1,7 trillion dollarni tashkil etdi.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Janet Yellen va Oq uy boshqaruv va byudjet bo‘limi rahbari Shalanda Yangning qo‘shma bayonotida aytilgan.
Hujjatda aytilishicha, 30 sentyabrda yakunlangan 2023 moliya yilida AQSh byudjeti xarajatlari 6,1 trillion dollardan, daromadlari esa 4,4 trillion dollardan oshgan. Shunday qilib, byudjet taqchilligi 2022 moliya yili ma’lumotlariga nisbatan 320 milliard dollarga oshib, qariyb 1,7 trillion dollarni tashkil etadi.
Bayonotga ko‘ra, bu AQSh yalpi ichki mahsulotining 6,3 foiziga to‘g‘ri keladi.