Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh bosh murabbiyini ishdan bo‘shatdi

AQSh bosh murabbiyini ishdan bo‘shatdi

AQSh milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanadi.

Mamlakat futbol federasiyasi jamoa bilan 2018 yildan 2022 yilgacha, keyin esa 2023 yil yozidan ishlagan Gregg Berhalterni ishdan bo‘shatganini e’lon qildi.

Jamoa o‘z uyida o‘tayotgan Amerika Kubogida Urugvay, Panama va Boliviya bor guruhdan chiqa olmadi. Shundan so‘ng iste’fo ro‘y berdi.

2026 yil AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga jamoani boshqa mutaxassis tayyorlaydi.

Berhalter jamoa bosh murabbiyligida 74 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 44 tasida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 12:46 11.07.2024. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!