Agar AQSh bilan savdo urushi kuchaysa, Slovakiyada 20 mingga yaqin ish o‘rni xavf ostida qolishi mumkin.
Bu haqda Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso "Erevan dialogi" xalqaro konferensiyasi ochilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
U avtomobilsozlik Slovakiya iqtisodiyotining tayanchi ekanligini ta’kidladi. Shu sababli Slovakiya erkin savdodan manfaatdor davlatlar bilan savdo aloqalarini faollashtirishi va eksport yo‘nalishlarini diversifikasiya qilishi kerak.
"Men dunyoning ko‘plab mamlakatlariga tashrif buyuraman va Osiyo, Afrika yoki Janubiy Amerikadagi hamkorlarimiz bilan munosabatlarga sarmoya kiritish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Biz Koreya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi bilan munosabatlarimizni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Shuningdek, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya va Vetnam bilan munosabatlarni mustahkamlash ustida ishlamoqdamiz", — dedi u.