AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi raundi sanasi hamon belgilanmadi — Eron Tashqi ishlar vazirligi.
Eron TIV ommaviy axborot vositalarining Vashington va Tehron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishi haqidagi xabarlarini tasdiqlamadi. Vazirlik, shuningdek, Pokistondagi muzokaralarning birinchi raundida AQSh ilgari surgan qarashlarni “mantiqsiz va haqiqatdan yiroq” deb atadi.
AQSh ham Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishga rozi bo‘lmagan, biroq kelishuvga erishish uchun muloqotlar davom etmoqda, deb xabar berdi Axios jurnalisti Barak Ravid.