Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh armiyasi vaziri Deniyel Driskoll Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashish uchun Abu-Dabiga bordi

AQSh armiyasi vaziri Deniyel Driskoll Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashish uchun Abu-Dabiga bordi

Bu haqda CBS News va Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ularning aytishicha, Driskoll kecha kunduzi Rossiya delegasiyasi bilan uchrashgan, navbatdagi muzokaralar raundi esa bugunga rejalashtirilgan.

CBS News'ga izoh bergen amerikalik mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, 25 noyabr kunigi uchrashuv "tinchlik jarayonini muhokama qilish va muzokaralarni tezlashtirish" uchun tashkil etilgan.

Financial Times manbasining ma’lum qilishicha, Ukraina tomoni ham ushbu uchrashuv haqida xabardor bo‘lgan. Bundan tashqari, gazeta manbalariga ko‘ra, Driskoll Abu-Dabida Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) rahbari Kirill Budanov bilan ham uchrashuv o‘tkazishi kutilayapti.

Kiritildi: 11:52 25.11.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!