Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Adliya vazirligi FRS rahbari Jerom Pauellga qarshi tekshiruvni to‘xtatdi

AQSh Adliya vazirligi FRS rahbari Jerom Pauellga qarshi tekshiruvni to‘xtatdi

Jerom Pauellning Federal zaxira tizimi (FRS) rahbari lavozimidagi muddati 15 may kuni yakunlanadi. Shu yilning yanvar oyida Donald Tramp bu lavozimga Kevin Uorsh nomzodini ilgari surgan edi. Biroq uning nomzodi Senatning tegishli qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Qo‘mitada demokratlar va respublikachilar soni teng.

Respublikachilardan biri, Shimoliy Karolina senatori Tom Tillis, agar Pauellga nisbatan jinoiy qidiruv va tekshiruvlar to‘xtatilmasa, Uorsh nomzodini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan edi. Barcha demokratlar Uorshning tayinlanishiga qarshi ekanligini hisobga olsak, Tillis amalda FRSning yangi rahbari tasdiqlanishini to‘sib qo‘ygan edi.

Endilikda Pauellga qarshi tergovning tugatilishi yangi rahbarni tayinlashga yo‘l ochadi.

Kiritildi: Bugun 12:48. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!