AQSh ma’muriyati Rossiya bilan aloqada bo‘lgan 250 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.
“Report” xabariga ko‘ra , bu haqda davlat kotibi Entoni Blinken bayonotida aytilgan.
“Bulardan Davlat departamenti Rossiya mudofaa sanoati bilan shug‘ullanuvchi va uning mudofaa-sanoat bazasini qo‘llab-quvvatlovchi 150 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritadi”, deyiladi hujjatda.
Rossiya moliya, mudofaa va energetika sohalarining yana 100 ga yaqin kompaniyasi AQSh Moliya vazirligi sanksiyalari ostida qoldi.
AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tarqatgan hujjatga ko‘ra, Rossiya kompaniyalaridan tashqari Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA va Turkiya yuridik shaxslari ham cheklovlarga duchor bo‘lgan. Bundan tashqari, uning tarkibiga Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Turkiya va Germaniya fuqarolari kiradi.