Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Vashington 2026 moliyaviy yilda Ukrainaga xavfsizlik sohasida ko‘rsatiladigan yordam va koalisiyani qo‘llab-quvvatlash fondi doirasidagi xarajatlarni kamaytiradi.
Shuningdek, Pentagon 5-avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish rejalarini ham qisqartirishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2026 yilda 74 ta o‘rniga faqat 47 ta F-35 xarid qilinadi. Bu qaror ishlab chiqarish sur’atlarining past bo‘lishi kutilayotgani bilan izohlangan.