Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh 2026 yilda 7500 nafardan ko‘p bo‘lmagan qochqinni qabul qilmoqchi

AQSh 2026 yilda 7500 nafardan ko‘p bo‘lmagan qochqinni qabul qilmoqchi

Bu haqda The New York Times ma’lum qildi.

Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, Tramp ma’muriyati keyingi yil uchun qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha rekord darajadagi past limitni joriy etmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu limit 7500 kishini tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich Jo Bayden ma’muriyati belgilagan 125 ming kishilik limitdan 15 baravar kam.

"Ajratiladigan kvotalarning katta qismi Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan afrikaanerlarga (XVII asrdan boshlab Afrikaning janubiga ko‘chib o‘tgan golland, fransuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari) ajratilishi rejalashtirilmoqda", deya yozmoqda The New York Times.

Kiritildi: 21:36 04.10.2025. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!