Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

AQSh 2025 yil oxirigacha Yevropadagi harbiylari sonini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

AQSh 2025 yil oxirigacha Yevropadagi harbiylari sonini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

Bu haqida Reuters malum qildi.

Qo‘shma Shtatlarning NATO'dagi doimiy vakili Metyu Uitakerning aytishicha, AQSh alyansningning iyun oyida Gaagada bo‘lib o‘tadigan sammitidan so‘ng yevropalik ittifoqchilar bilan Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish masalasi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

"Barchasi tartibga solinadi, biz bu masalada boshqa kechikishlarga toqat qilmaymiz. Biz faqat amaliy natijalarni ishlab chiqishimiz kerak", – dedi Uitaker Estoniyada o‘tkazilgan xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishida.

Uning aytishicha, AQSh qo‘shinlarining chiqarilishi NATO xavfsizligiga salbiy ta’sir qilmasligi kerak. Shu bilan birga, Vashington alyans safida qolishini va o‘z majburiyatlariga sodiqligini ta’kidladi.

"AQSh NATO'ni tark etish niyatida emas va yevropalik hamkorlar Vashingtonning Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish rejalari bilan yaxshi tanish", – deya Uitakerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Kiritildi: 12:04 17.05.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!