Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

“Apple” Xitoyda onlayn-do‘kon ochdi

A A A
“Apple” Xitoyda onlayn-do‘kon ochdi

“Apple” bu hafta Vyetnamda onlayn-do‘kon ochdi va “iPhone” ishlab chiqaruvchisi uchun rivojlanayotgan bozorlarning ahamiyati ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda “CNN” xabar berdi.

Avvalroq Hindistonda birinchi xususiy do‘kon ochilishi yuqori darajada tashkil etilgan edi. Navbatdagi voqea esa tez rivojlanayotgan Janubi-sharqiy Osiyodagi iste’molchilar “Apple”ning har qanday mahsulotini endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishlari mumkinligini anglatadi. Vyetnam, Hindiston, Indoneziya kabi mamlakatlar bozori “Apple” uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlangan bozorlar, jumladan, Xitoyda savdo o‘sishi sekinlashuvi kompaniyani an’anaviy ravishda faol bo‘lmagan hududlarga e’tibor qaratishga undamoqda.

Xitoy o‘nlab yillar davomida ishlab chiqarish, iste’mol nuqtai nazaridan, “Apple” favqulodda kuchayishida asosiy o‘rin egallagan. Ushbu mamlakat kompaniya operasiyalari uchun kalit bo‘lib qolsa-da, texnologiya giganti endi o‘z mavqeini himoya qilishga majbur.

“Apple” bosh direktori Tim Kuk ushbu oydagi daromad, shuningdek, bozorlardagi choraklik natijadan mamnun ekanligini qayd etdi. Kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi istiqboliga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 14:01 22.05.2023. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!