Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Apple va Samsung yengil nafas oldi: AQSh smartfonlarga boj qo‘ymaydi!

Apple va Samsung yengil nafas oldi: AQSh smartfonlarga boj qo‘ymaydi!

Tramp ma’muriyati smartfon va kompyuterlar importini boj to‘lovlaridan ozod qildi — Bloomberg.

AQSh Bojxona-chegara xizmati mamlakat hukumati tomonidan joriy qilingan bojlar tatbiq etilmaydigan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda agentligi.

Istisnolar telefonlar, noutbuklar, qattiq disklar, kompyuter prosessorlari, xotira chiplariga, shuningdek, yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan mashinalarga nisbatan qo‘llaniladi.

Bloomberg'ning qayd etishicha, istisnolar odatda Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilmaydigan keng iste’mol elektronika vositalari uchun qilingan. Hukumatning bu qarori iste’molchilarni “narxlarning keskin oshishidan” saqlab qolishi, shuningdek, Apple, Samsung va Taiwan Semiconductor Manufacturing kabi ishlab chiqaruvchilarga yordam berishi mumkin.

Kiritildi: 21:08 12.04.2025. O'qildi: 1046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!