Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Apple Amerikaga iPhone yuklangan beshta samolyot olib keldi

Apple Amerikaga iPhone yuklangan beshta samolyot olib keldi

Apple mart oyining oxirgi uch kunida Hindistondan AQShga iPhone va boshqa gadjetlar ortilgan beshta samolyot jo‘natdi. Bu orqali kompaniya import tariflarining joriy etilishidan oldin o‘z zaxiralarini ko‘paytirishga intildi.

Bu haqda The Times of India gazetasi Hindistonning yuqori lavozimli davlat amaldoriga asoslanib xabar bermoqda.

Gazetaning manbalari shuningdek, Apple Xitoydan ham qurilmalarni faol ravishda xarid qilganini ma’lum qildi. Ular: "Hindiston, Xitoy va boshqa asosiy hududlardagi zavodlar tariflar oshishini kutib, AQShga mahsulot yetkazib berdi," deb aytishmoqda.

Manbalarning aytishicha, iPhone va boshqa gadjetlar zaxirasini ko‘paytirish kompaniyaga ma’lum vaqtgacha ularning narxini oshirmasdan turishga imkon beradi. Rosenblatt Securities investisiya kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, agar Apple bu qo‘shimcha xarajatlarni to‘liq xaridorlar zimmasiga yuklasa, bojlarning oshishi tufayli AQShda iPhone narxlari 43 foizga ko‘tarilishi mumkin.

Kiritildi: 21:53 07.04.2025. O'qildi: 1326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!