“Apple” kompaniyasi iPhone ixtiro qilinganidan beri deyarli 20 yil o‘tgan bo‘lsa-da, yangi innovasion ishlanmalarni taqdim etishga muvaffaq bo‘lmadi. Bu haqda “Meta” rahbari Mark Sukerberg “CNBC"ga ma’lum qildi.
“Ular so‘nggi vaqtlarda haqiqatan ham buyuk hech narsa ixtiro qilishmadi. Stiv Jobs "iPhone"ni ixtiro qilgan edi, endi esa ular 20 yildan buyon shunchaki dam olishmoqda,” — deya ta’kidladi tadbirkor.
Shuningdek, u “Apple"ni "iPhone"ning yangi modellari oldingi versiyalarga nisbatan jiddiy takomillashtirilmaganligini, bu esa sotuvlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tanqid qildi.
Biroq, Sukerbergning ta’kidlashicha, kompaniya ishlab chiquvchilar uchun 30%lik soliq undirish, odamlarni iPhone aksessuarlarini sotib olishga majburlash va boshqa “ixtiyoriy qoidalar” orqali daromad olishni davom ettirmoqda.