APL o‘yinlarini boshqaradigan hakam Devid Kutning «Liverpul» jamoasi hamda klubning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni haqoratlagan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Shundan so‘ng Angliya hakamlar qo‘mitasi (PGMOL) bu borada shoshilinch qarorini e’lon qildi.
Videoda bosh hakam Devid Kut do‘stlari davrasida Kloppni «ahmoq», «Liverpul»ni esa «chiqindi» deb atagan.
Angliya hakamlar qo‘mitasi (PGMOL) videoga darhol reaksiya bildirdi va ushbu hakam bu boradagi tekshiruv ishlari nihoyasiga yetgunga qadar futbol uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatilgani haqida e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Kutning APLdagi so‘nggi uchrahsuvi «Liverpul» -«Aston Villa» (2:0) bo‘lgan.