Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

APLda Xoland gol urmagan raqib qolmadi

APLda Xoland gol urmagan raqib qolmadi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer Ligasida o‘ziga xos ko‘rsatkichga erishdi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi endi APLda o‘zi qarshi o‘ynagan barcha 25 jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan. Bunga u "Sanderlend"ga qarshi uchrashuvda gol urganidan keyin erishdi.

Xoland mazkur bahsning 81-daqiqasida raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Uning goli "Manchester Siti"ning 5:3 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Norvegiyalik forvard 2022 yil yozidan buyon "shaharliklar" safida to‘p tepmoqda. Shu davr mobaynida u Angliya Premyer Ligasining uch karra eng yaxshi to‘purari bo‘lishga ham ulgurgan.

Kiritildi: 23:40 20.09.2026. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!