Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

APL tarixidagi eng yaxshi darvozabon aniqlandi

APL tarixidagi eng yaxshi darvozabon aniqlandi

Give Me Sport sahifalarida Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar reytingi e’lon qilindi. Reytingning birinchi pog‘onasidan "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel joy oldi. Ikkinchi o‘rinda "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Petr Chex.

Uchinchisi "Manchester Yunayted"ning yana bir sobiq darvozaboni - Edvin van der Sar bo‘ldi. To‘rtinchi pog‘onada Devid Simen, beshinchi o‘rinda esa "Liverpul"ning amaldagi darvozaboni Alisson joylashdi.

O‘nlikdan keyingi o‘rinlarni Devid de Xea, Ederson, Yens Lemann, Shey Given va Bred Fridel egalladi.

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi mavsumi odatdagidek avgust oyi o‘rtalarida start oladi.

Kiritildi: 23:41 29.06.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!