Angliya Premyer-ligasi mart oyiga kelib bir yo‘la to‘qqizta jamoasi yevrokuboklar mavsumida ishtirokini davom ettirayotgani bilan maqtana oladi. Biroq shu haftada, UEFA turnirlarining 1/8 final dastlabki uchrashuvlarida Angliyaning faqatgina bir jamoasi g‘alabaga erishdi. Ushbu jamoa — «Aston Villa» bo‘lib, birmingemliklar safarda «Lill» klubini 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
APLning barcha jamoalarining yevrokuboklardagi natijalarini quyida keltiramiz:
Chempionlar ligasi
«Galatasaroy» — «Liverpul» — 1:0
«Atletiko» — «Tottenxem» — 5:2
«Nyukasl» — «Barselona» — 1:1
«Bayer» — «Arsenal» — 1:1
«PSJ» — «Chelsi» — 5:2
«Real» — «Manchester Siti» — 3:0
Evropa ligasi
«Lill» — «Aston Villa» — 0:1
«Nottingem Forest» — «Mityulland» — 0:1
Konferensiyalar ligasi
«Kristal Pelas» — «AYEK Larnaka» — 0:0
Xulosa qilib aytganda, APL klublari uchun yevrokubok haftasi: 1 g‘alaba, 3 durang va 5 mag‘lubiyat bilan yakunlandi.