Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
21 yoshli futbolchiga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "Villa" La Liga va A Seriya vakillari ham kuzatib borayotgan ispaniyalik yosh futbolchi uchun taxminan 20 mln yevro berishga tayyor, APLning boshqa klublarida ham talab bor.
Gonsalo Garsiya mashhur Transfermarkt portali tomonidan 15 mln yevroga baholangan. Joriy mavsumda futbolchi Xabi Alonso jamoasi safida barcha musobaqalarda to‘qqiz marta maydonga tushib, bitta samarali uzatma muallifi bo‘ldi. Hujumchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.