Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

APL klubi muxlislariga murojaat qildi: Falastinga qarshi qo‘shiqni kuylamaslik so‘raldi

APL klubi muxlislariga murojaat qildi: Falastinga qarshi qo‘shiqni kuylamaslik so‘raldi

«Vest Hem» klubi muxlislaridan Falastinga qarshi mazmundagi qo‘shiqni boshqa kuylamaslikni so‘radi. Gap jamoaning isroillik futbolchisi Manor Solomonga bag‘ishlangan qo‘shiq haqida ketmoqda.

Mazkur qo‘shiq Chempionshipning dastlabki turida «Byornli»ga qarshi safar uchrashuvida «Vest Hem» muxlislarining bir qismi tomonidan kuylangan. O‘yin 2:2 hisobida yakunlangan, yozda «Tottenhem»dan kelib qo‘shilgan Solomon esa debyut uchrashuvida gol urgan.

Qo‘shiqda Solomon haqida Falastinga nisbatan nafrat mazmunidagi jumla ishlatilgan. Uchrashuvdan keyin uning videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislarning o‘zi orasida ham tanqidlarga sabab bo‘ldi.

«Vest Hem» rasmiy munosabatida ushbu qo‘shiqni "haqoratli va bo‘luvchi" deb atadi.

"Biz muxlislarimizni o‘z klubi va qizil-ko‘k libosdagi futbolchilarni baland ovozda, faxr bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz. Ammo bu hech qachon muxlislar o‘rtasida bo‘linish keltirib chiqaradigan yoki kimnidir haqorat qiladigan tarzda bo‘lmasligi kerak", — deyiladi klub bayonotida.

London klubi kelib chiqishi va qarashlaridan qat’i nazar, har bir muxlis futbol uchrashuvlariga qo‘rquv, kamsitish yoki haqoratga uchrash xavfisiz tashrif buyura olishi kerakligini ta’kidladi. Klub tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik tamoyillariga sodiq qolishini ham bildirdi.

«Vest Hem»ning isroillik muxlislar guruhi Israeli Hammers ham klub pozisiyasini qo‘llab-quvvatladi. Guruh futbol odamlarni birlashtirishi kerakligini ta’kidlab, falastinliklarga yoki boshqa har qanday guruhga nisbatan nafratni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

27 yoshli Manor Solomon «Vest Hem»ga shu yozda «Tottenhem»dan kelib qo‘shildi. U bilan uch yillik shartnoma imzolangan.

Kiritildi: 16:02 21.08.2026. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!