Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

APL. "Arsenal" Shimoliy London derbisida "Tottenxem"ni yirik hisobda yengib, peshqadamlikni mustahkamladi

APL. "Arsenal" Shimoliy London derbisida "Tottenxem"ni yirik hisobda yengib, peshqadamlikni mustahkamladi

Angliya Premyer-ligasining 12-turida "Arsenal" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsda Eberechi Eze xet-trik qayd etdi, mezbonlarning yana bir goli Leandro Trossard hisobiga yoziladi. "Shporlar" bu gollarga Risharlisonning yagona goli bilan javob qaytardi.

"Arsenal" 29 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadam. Ular ikkinchi o‘rindagi "Chelsi"dan 6 ochkoga oldinlab ketdi.

"Tottenxem" 18 ochko bilan 9-pog‘onada.

APL. 12-tur
23 noyabr, 21:30, «Emireyts» stadioni (London)
Arsenal - Tottenxem - 4:1
Gollar: 1:0 - 36, - Trossard (Merino), 2:0 - 41, - Eze (Rays), 3:0 - 46, Eze (Timber), 3:1 - 55, Risharlison (Palinya), 4:1 - 76, Eze (Trossard)
Arsenal: Rayya, Kalafyori, Inkapie, Saliba, Timber, Rays, Subimendi, Trossard, Eze, Saka, Merino
Zaxira: Arrisabalaga, Martinelli, Madueke, Nvaneri, Douman, Moskera, Lyuis-Skelli, Uayt, Nergor
Tottenxem: Vikario, van de Ven, Romero, Danzo, Odober, Kudus, Udodji, Bentankur, Palinya, Spens, Risharlison
Zaxira: Sarr, Tel, Kolo-Muani, Simons, Grey, Djonson, Kinski, Porro, Bergvall

Kiritildi: 23:34 23.11.2025. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!