Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Antoniu Guterrish: "Ikkinchi muddatga qayta saylanishga qarshi emasman"

Antoniu Guterrish: "Ikkinchi muddatga qayta saylanishga qarshi emasman"

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ikkinchi muddatga qayta saylanishga rozilik berdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik brifingda ma’lum qildi.

Antoniu Guterrish BMT Bosh Assambleyasi raisining so‘roviga «agar tashkilot a’zolarining xohishi shunday bo‘lsa, ikkinchi muddatga qayta saylanishga qarshi emasman», deya javob bergan. Shuningdek, u xatni BMT Xavfsizlik Kengashi raisiga ham yuborgan.

Dyujarrikning ta’kidlashicha, Antoniu Guterrish bu masalada mintaqaviy guruh rahbarlari va Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan ham maslahatlashgan.

Antoniu Guterrish nomzodi Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga binoan 2016 yil 13 oktyabrda ovoz berishlarsiz BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ma’qullanib, 2017 yil 1 yanvardan o‘z lavozimiga kirishgan edi.

Antoniu Manuel de Oliveyra Guterrish 1949 yilda Lissabonda tavallud topgan. U Oliy texnika institutida muhandislik ishi va fizikani o‘rgangan, 1971 yilda oliy ta’lim muassasasini tugallab, katta o‘qituvchi lavozimida akademik karyerasini boshlagan.

Taqvodor katolik Guterrish 1974 yilda sosialistik partiyaga a’zo bo‘lgan va tez orada o‘zini butkul siyosatga bag‘ishlashga qaror qilgan. Sosialistlarning bosh kotibi lavozimida uch yil xizmat ko‘rsatgach, Portugaliya bosh vaziri etib saylangan. U hukumat rahbari lavozimida 2002 yilga qadar 7 yil davomida faoliyat yuritadi.

2005 yilda portugal, ispan, ingliz va fransuz tillarida erkin suhbatlashuvchi Guterrish BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissari lavozimini egallaydi.

Uning rahbarlik yillari davomida Jeneva bosh qarorgohidagi amaldorlar soni qisqargan, shunday bo‘lsada, ekspertlarning ta’kidlashicha, agentlikning o‘z xodimlarini «qaynoq» nuqtalarga jo‘natib, xalqaro inqirozlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish xususiyati yaxshilangan.

Kiritildi: 19:23 12.01.2021. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!