Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Anqaradagi terakt ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

Anqaradagi terakt ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchi tashkiloti Anqara markazidagi Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda terrorchi tashkilotning bayonotiga tayanib, ANF agentligi xabar berdi.

“Bugun soat 9:30 atrofida bizning “O‘lmaslar” batalyonimiz otryadi Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosiga qarshi harakatni amalga oshirdi. Bu harakat parlamentning ochilish kunida, parlamentga juda yaqin joyda amalga oshirilishi belgilangan edi”, deyiladi bayonotda.

Taqiqlangan partiya a’zolari Ichki ishlar vazirligi binosiga kirib, qo‘riqchini o‘ldirgan.

Turkiya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, ikki polisiyachi yengil jarohat olgan va ular orasida o‘lim holati qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi 1978 yilda tuzilgan. Tashkilot Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqida terrorchi sifatida tan olingan.

Kiritildi: 11:26 02.10.2023. O'qildi: 4044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!