Anqara terrorchilik tashkiloti "Kurdiston ishchi partiyasi" o‘z yetakchisi Abdulla Ojalanning qurolsizlanish haqidagi chaqirig‘ini rad etgan taqdirda, batafsil harakat rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Hürriyet gazetasi o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, Iroqning shimoliy hududidagi Qandil lagerida joylashgan jangarilar qurollarini topshirmasa, bu ularning Ojalanga bo‘lgan sadoqatini shubha ostiga qo‘yadi. Bunday vaziyatda, u tashkilotdan ochiq-oshkora voz kechishi hamda RPK endi uning rahbarligiga bo‘ysunmasligini va chet davlatlar manfaatlarini ko‘zlab ish yuritayotganini e’lon qilishi mumkin.
Ilgari PKK Imrali orolida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Ojalanning chaqirig‘iga javoban o‘t ochishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Biroq partiya o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi uzil-kesil qaror faqatgina kongressda, rahbarning bevosita ishtirokida qabul qilinishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Anqara esa guruhning to‘liq va so‘zsiz qurolsizlantirilishini talab qilmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an jarayonni cho‘zishga qaratilgan har qanday urinish kelishuvlarni buzish deb baholanishini va bunday holatda RPKga qarshi harbiy operasiyalar qayta boshlanishini ta’kidladi.
Hürriyet gazetasi xabar qilishicha, Turkiya bu jarayonni amalga oshirish muddatlari va mexanizmlarini allaqachon belgilab olgan. Keyingi ikki-uch oy ichida vaziyat kuzatib boriladi. Agar RPK qurolsizlanishga rozi bo‘lsa, qurollarni topshirish tartibi ishlab chiqiladi - ular Turkiya va Iroq hukumatlariga topshirilishi, shuningdek, Turkiya va Suriya ma’muriyati nazorati ostidagi Suriyadagi maxsus ajratilgan hududlarga joylashtirilishi mumkin.