Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Anor po‘stining noyob hususiyatlari

Anor po‘stining noyob hususiyatlari

Anor po‘sti organizmni zaharlovchi ko‘plab bakteriyalar hamda infeksiyalarni davolashda universal vositadir.

Po‘stlog‘ining tindirmasi bilan qisqa muddatda (5-7 kunda) ichak yaralari, dizenteriya, disbakterioz, salmonellioz, gijja, vabo, qorin tifi va boshqa ko‘plab kasalliklarni davolash mumkin. Anorning po‘sti tarkibida bo‘yovchi moddalar, kaliy, kalsiy, magniy, temir, xrom, bor va boshqa makro hamda mikroelementlar mavjud.

Anorning po‘sti, ildizi va shoxlarida pelterin moddasi borligi uni boshqa o‘simlik hamda mevalardan farqlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gippokrat quritilgan anor po‘stlog‘i tindirmasi bilan kesilgan va chopilgan jarohatlarni davolagan. Ya’ni yara ustiga toza paxtali matoga anor tindirmasi shimdirib bosilgan to jarohat tuzalguncha bu latta ho‘llab, qo‘yib turilgan.

Quritilgan anor po‘chog‘ini ko‘k choy bilan birga choynakka solib qaynoq suv bilan damlang. Bu choyni kechasi uxlashdan oldin ichsangiz, tiniqib uxlaysiz.

SHIFOBAXSHLIGI

Anor po‘sti S vitaminining manbaidir. Shu bois modda almashinuvini yaxshilab, barcha turdagi qon ketishlari va o‘tkir shakldagi bavosirni davolashga yordam beradi. 8 g quritilgani po‘stloq kukuniga (1 choy qoshiq) kerakli miqdorda xona haroratidagi suv qo‘shib pasta shakliga keltiriladi. Ertalab va kechqurun qabul qilinadi.

Maydalab kukun holiga keltirilgan anor po‘stini suvda aralashtirib yo‘talda tomoq yuvilsa, tomoq qichishishini yaxshi qiladi. Shuningdek, anor po‘stining quritib, kukunini achchiq tosh bilan 8x1 nisbatda aralashtirib, dumaloq tabletka shakliga keltiring, yetarlicha suv qo‘shing va quyuq pasta hosil qiling. Undan kuniga 3 mahal 1 tadan qabul qiling. Bu tabletkalarni yo‘talda shimib yurish yaxshi foyda beradi.

Bolani yo‘tal qiynasa, oddiy quritilgan anor po‘stini og‘zida ushlab tursa kifoya, yo‘tal to‘xtaydi. Anor po‘sti ekstrakti soch to‘kilishi va qazg‘oqning oldini olishda ham samarali vositadir.

Po‘stloqning maydalangani atirgul suvi bilan aralashtirilsa, husnbuzar va boshqa yuzdagi toshmalarda foydali, shuningdek, organizmni yoshartiradi.

Anor po‘sti yuz terisiga ham foydalidir. Agar yuzingiz o‘ta yog‘li, husnbuzarlarga to‘la va notekis bo‘lsa, anor po‘stini zaytun yog‘iga chala qovurib, biroz soviting va iliq holatda yuzingizga surting. Niqobni 5-10 daqiqa ushlagach, iliq suvda chaying.

Agar anor po‘sti kukuniga yalpiz, zanjabil, zira va ko‘k choy solib damlansa, hazm tizimidagi buzilishlarda, ichak motorikasi buzilishida yaxshi foyda beradi. Buyrak va jigarni tozalaydi, zararkunandalardan xalos qiladi. Buning uchun 1 choy qoshiq anor po‘sti kukunini 1 stakan suvda qaynatib, 5 daqiqa tindirib asal qo‘shib ichiladi.

Suvli tindirmasini tayyorlash uchun anor po‘sti va suvdan 1:20 nisbatda solib aralashtiriladi. Qizdirilgan suvga 10 g anor po‘sti solib og‘zi yopiq idishda qaynash darajasiga yetkaziladi. Qaynamasidan olovdan olinadi va birpas tindirib ichiladi.

Anor po‘chog‘i qaynatilgan suv bilan og‘iz chayqasangiz, tish og‘rig‘i, milk yallig‘lanishi va shamollashidan xalos etadi. Chunki unda og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriya va viruslarga qarshi kurashish xususiyati mavjud.

HAR QANDAY KASALLIKNI 1 HAFTADA YENGAMIZ!

Shifobaxsh anor po‘stlog‘ini tayyorlash ko‘p kasalliklar uchun bir xil, faqat uni qabul qilish turlicha. Masalan, o‘tkir ko‘richak, vabo, ichak tayoqchasi, dizenteriya kabi kasalliklarda bu ichimlikdan yarim stakan ichiladi. Qaynatma dokadan o‘kazilmaydi. Ichilgandan qolgan qismini ham bemor yonida qo‘yib yotadi. Agar ich ketganda bu vositadan ichib, 10 daqiqadan keyin shifo topsangiz, bu oddiy ichak buzilishi ekan. Demak, bemalol ko‘chaga chiqishingiz yoki ishga borishingiz mumkin. Boshqa ich ketishi sizni bezovta qilmaydi.

Agar 10 daqiqada o‘zingizni yaxshi his qilmasangiz, sizda qorin tifi, dizenteriya, salmonellioz yoki boshqa xastaliklar bo‘lishi mumkin. Bunda uyda qolib, yana anor po‘sti tindirmasidan ichishni davom ettirishingiz kerak. Davolash jarayoni yana 3 soat davom etadi. Sog‘ayish davolash boshlangandan so‘ng 5 kun ichida sodir bo‘ladi.

Oshqozon va ichak yarasi, disbakterioz, kolit 1 haftada tuzalishi uchun anorning quritilgan po‘sti qaynatmasini 25-30 daqiqa tindirib ichiladi. Bunda bir ichishda 25-30 ml kunora qabul qilinadi. Bu bir hafta ichida tuzalishga yoram beradi.

Ushbu vosita yordamida davolanganda zararli bakteriyalar nobud bo‘ladi, ammo foydali bakteriyalar omon qoladi. Unutmang, anor po‘sti yordamida davolanish vaqtida umuman spirtli ichimlik ichish mumkin emas.

YUPQA PARDASI O‘SMALARNI DAVOLAYDI

Anor donlari orasidagi yupqa pardasi qadimdan churrani va turli saraton o‘smalarini davolashda qo‘llanilgan.

Anor po‘sti bo‘lakchalarini suvda qaynatib og‘iz chayilsa, milklar qonashini davolaydi, ularni mustahkamlashda foyda beradi. Bakteriyali ichak kasalliklarida anorning yupqa qavati qaynatmasi bilan huqna qilinsa, yo‘g‘on ichakdan shilimshiq kelishini davolaydi.

Qadimiy manbalarda anor po‘stining salbiy ta’siri haqida yozilmagan. Po‘stloq tarkibini klinik o‘rganish natijalari uning umumiy holatni yaxshilashda, og‘riq sindromini yo‘qotishda, ishtahani ochishda, ichni qotirishda samarali davo bo‘lishini tasdiqladi. Uning tindirmasidan har kuni 75 g dan ichish me’da-ichak tizimi a’zolari kasalliklarini davolashga yordam beradi. Bunda 1 yilgacha 300 mg dan kuniga 4 mahal ichish kerak.

Po‘stloqning preparatlari, ya’ni qaynatmasi ko‘p hayz kelganda, qon tupurishda, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida foydalidir. Bu qaynatmani tayyorlash uchun 1 l suvga 1 osh qoshiq quritilgan anor po‘stidan solib qaynatiladi. So‘ng olovdan olib, termosga quyiladi va 2 soat tindiriladi. Ovqatdan oldin 50-100 ml dan ichiladi. Bu vosita teridagi kuygan va boshqa jarohatlarni ham bitkazadi.

SPIRTDAGI TINDIRMASI

Anor po‘stlog‘ining spirtdagi tindirmasi ham bir qator kasalliklarda ishlatiladi. Bu vositani tayyorlash uchun 1 dona anorning po‘sti maydalanib, 100 ml 40 foizlik spirtda tindirib qo‘yiladi. 1 hafta turgach, 1:1 nisbatda gliserin qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan surtma jarohatga surtilsa, tez tuzaladi.

Teri kuyganda uni avval 1:5 nisbatda suv qo‘shilgan anor sharbati bilan chayilib, suv qo‘shilib ustiga kukun holidagi anor po‘sti sepiladi.

Anor po‘stidan malham tayyorlab, gripp, shamollash hamda tumovni davolash mumkin. Buning uchun anor, eman, majnuntol po‘stlog‘i kukuni damlamasi bilan kuniga 5-6 marta og‘iz g‘arg‘ara qilinadi. Bu mikrob va viruslarga qarshi suyuqlikni tayyorlash uchun yig‘madan 1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynoq suvda damlanadi. 4 soat tindirib qo‘yiladi. Keyin stakanning uchdan biri miqdorida kuniga 3-4 marta ichiladi. Davolash muddati — 7-10 kun.

Anor po‘stlog‘i bilan davolash hech qanday nojo‘ya ta’sirga olib kelmaydi. Ammo anor po‘stlog‘idan tayyorlangan tabiiy vositani antigistamin preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish va ko‘rsatilgan dozasidan ko‘p ichish mumkin emas.

Kiritildi: 16:10 07.10.2022. O'qildi: 5066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!