Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Anklav va eksklav: ularning farqini bilasizmi?

Anklav va eksklav: ularning farqini bilasizmi?

Anklav (fransuzcha — "enclave", lotinchadan "inclavatus") — mahbus, qulflangan degan ma’noni anglatadi. Anklav bir davlat hududining boshqa davlat hududi bilan to‘liq o‘rab olingan qismi hisoblanadi. Hududning boshqa bir mamlakat bilan to‘liq o‘rab olingan qismlari to‘liq anklavlar deyiladi. Davlatning ma’lum hududi quruqlikdagi boshqa davlat hududi bilan o‘ralgan, ammo dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan qismi esa yarim anklav deyiladi. Hudud tushunchasiga quruqlik hududi ham, suv hududi ham kiradi. Anklavga misol tariqasida Ispaniyaning Liviya shahrini keltirish mumkin. Shahar Ispaniyaga qarashli bo‘lsada, Fransiya hududida joylashgan.

Bundan tashqari dunyoda anklav mamlakatlar ham mavjud. Masalan, Vatikan. Vatikan davlat bo‘lishiga qaramay, Italiya hududida joylashgan.

Anklav terminiga teskari taraflama eksklav so‘zi ishlatiladi. Ya’ni, anklav va eksklav o‘rtasidagi farq hududga qaysi tomonlama qarashligidadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Shohimardon tumani Qirg‘iziston Respublikasida joylashgan. Demak, O‘zbekiston uchun Shohimardon — eksklav, Qirg‘iziston uchun esa anklavdir.

Kiritildi: 15:00 29.11.2023. O'qildi: 2484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!