Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar rasmiylarini Yaqin Sharqdagi mojaro ishtirokchilariga qurol yetkazib bergani uchun qoraladi.
Sobiq futbolchi G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘pchilik o‘z yaqinlarini yo‘qotayotgan dahshatli voqea deb atadi.
"Bu axloqsizlik chegarasidan tashqarida. Falastinliklar boshidan kechirayotgan narsalarni tasavvur qilib bo‘lmaydi," - deya faxriyning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, butun dunyo vaziyatni aniq ko‘rmoqda, ammo hukumatlar yuz berayotgan voqealarga ko‘z yummoqda, chunki ular uchun faqat hokimiyat va pul muhim.