Angliyalik jurnalist va insayder Rudi Galetti o‘zbekistonlik 25 yoshli himoyachi Abdug‘ani Kamolovning Kosovoning «Ferizay» klubiga o‘tganini tasdiqladi.
«Eksklyuziv. Abdug‘ani Kamolov Kosovo Superligasida ishtirok etuvchi "Ferizay" klubi bilan shartnoma imzoladi. U "Bishkek Siti" jamoasidan o‘tib, 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi.
Chap qanot himoyachisi, shuningdek, Kosovoda to‘p suradigan tarixdagi birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi», — deb yozdi jurnalist.
Avvalroq Kamolov Qirg‘izistonda «Abdish-Ata» va «Bishkek Siti» jamoalari sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumda o‘zbekistonlik futbolchi 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.