Olimlar o‘tgan yilning fevral oyida Yerga tushgan Vinchkomb meteoritini o‘rganishning birinchi natijalarini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, meteorit ichida Yerdagi kabi suv mavjud bo‘lgan. Bu oxir-oqibat hayotni keltirib chiqargan asosiy kimyoviy moddalar sayyoramizga milliardlab yillar oldin koinotdan olib kelingan degan nazariyaga ishonch beradi.
Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, yosh Yer shunchalik issiq ediki, u suvning ko‘p qismini quritib tashlashi kerak edi. Agar bugungi kunda Yerning qariyb 70 foizini okeanlar qoplaganini inobatga olsak, bu suv keyinroq paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak.