Buyuk Britaniyada yil boshidan beri 73 ta chikungunya bezgak kasalligi qayd etilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Londonda aniqlangan. Bu haqda Report Britaniya ommaviy axborot vositalariga tayanib, mamlakat Sog‘liqni saqlash agentligi (UKHSA) ma’lumotiga asosan xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kasallikning tashqaridadan kirib kelgan holatlari soni sezilarli oshgan. 2024 yilning shu davrida 27 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 73 tani tashkil etdi.
Shuningdek, shu davr mobaynida mamlakatda ilk bor Oropush bezgak kasalligining ham uchta holati aniqlangan. Bu tropik bezgakning Britaniyada qayd etilgan tarixiy birinchi holatlari hisoblanadi.