Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Angliyada kuchli suv toshqinlari maktablarning yopilishiga olib keldi

Angliyada kuchli suv toshqinlari maktablarning yopilishiga olib keldi

Angliyaning markaziy va janubiy qismidagi ba’zi hududlarda atigi 24 soat ichida bir oylik yog‘ingarchilik kuzatildi, bu esa keng ko‘lamli suv toshqinlari, sayohatlar to‘xtatilishi, maktablarning yopilishiga va odamlarning uylaridan evakuasiya qilinishiga olib keldi.

Kuchli yomg‘ir dam olish kunlari davom etgan momaqaldiroqlardan keyin sodir bo‘ldi, ba’zi hududlarga ayniqsa, qattiq ta’sir ko‘rsatdi, metrologiya boshqarmasi favqulodda ob-havo haqida ogohlantirish berdi.

Milton Keyns, Oksford, Reding, Bat va Gloster eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan bo‘lib, joylarda 120 mm gacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu toshqin daryolarning toshib ketishiga, yo‘llarning o‘tib bo‘lmas holga kelishiga va ayrim binolarning suv ostida qolishiga sabab bo‘ldi.

Uorikshirdagi Aterston, Leyton Bazzard, Luton va Londonning ba’zi qismlari, shu jumladan Uimbldon kabi hududlar jiddiy xavflarga duch keldi. “Uimbldon” AFK o‘yinida maydonda hatto krater paydo bo‘lib, Konfederasiyalar kubogi va boshqa bo‘lajak o‘yinlarning qoldirilishiga olib keldi.

Londonning o‘t o‘chirish brigadasi suv toshqinlari bilan bog‘liq 350 dan ortiq favqulodda qo‘ng‘iroqlarni olganini ma’lum qildi. London metro stansiyasi va bir nechta metro liniyasida xizmatlar to‘xtatildi.

Metrologiya byurosi seshanba kuni nam ob-havoning qisqa muddatli to‘xtashini bashorat qilgan bo‘lsa-da, sinoptiklar kuchli yomg‘ir shu hafta oxirida qaytishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Sovuq shimoliy shamollar tufayli Buyuk Britaniya bo‘ylab havo harorati ham sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda, Shotlandiyaning ba’zi qismlari allaqachon sovuqni boshdan kechirmoqda.

Kiritildi: Bugun 00:05. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!