Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Angliya pul uchun go‘sht iste’mol qilishni to‘xtatishga tayyor odamlarni qidirmoqda

Angliya pul uchun go‘sht iste’mol qilishni to‘xtatishga tayyor odamlarni qidirmoqda

Britaniyaning tadqiqot markazi uch oy davomida go‘sht iste’mol qilishni to‘xtatadigan uchta ko‘ngilli go‘sht sevuvchilarni qidirmoqda.

Bu haqda Vegan Liftz tashkilotining rasmiy saytida aytildi.

Markaz tomonidan mukofot sifatida ikki ming funt sterling taklif qilinayotganligi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ko‘ngillilar sog‘lom, hech bo‘lmaganda o‘tgan yil davomida go‘sht iste’mol qilgan, shuningdek, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi lozim.

Tajriba ishtirokchilari Buyuk Britaniyaning Nyukasl, Glazgo, Birmingem, Liverpul, Koventr, Lids, Portsmut, Manchester, Kardiff i London kabi o‘nta shaharlarida qidirilmoqda.

Ko‘ngillilar bir oy davomida kundalik yuritishlari va o‘zlarining his-tuyg‘ularini yozishlari hamda eksperimentdan oldin, hozir va keyin fotosuratga tushishlari kerak.

Tadqiqotning maqsadi - o‘simlikka asoslangan diyetaga to‘liq o‘tishgan go‘shtni iste’mol qiluvchilarning jismoniy va hissiy holatidagi o‘zgarishlarni tekshirish.

Kiritildi: 21:46 31.07.2020. O'qildi: 3622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!