Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Angliya liga kubogi. Husanov to‘liq harakat qilgan o‘yinda "Siti" g‘alaba qozondi

Angliya liga kubogi. Husanov to‘liq harakat qilgan o‘yinda "Siti" g‘alaba qozondi

"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/2 final dastlabki o‘yinida "Nyukasl"ni mag‘lub etdi - 2:0. O‘yin Nyukasldagi "Sent Jeyms Park" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida ushbu transfer oynasida 75 million yevro evaziga "Siti"ga o‘tgan Antuan Semenyo hisobni ochdi. O‘n daqiqadan so‘ng u ikkinchi golni urdi, ammo VAR ofsayd tufayli golni bekor qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga tushgan Rayan Sherki mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvda to‘liq harakat qildi va Sherkidan keyingi eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi.

Javob o‘yini 4 fevral kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Yana bir yarim finalda "Chelsi" va "Arsenal" o‘ynaydi.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!