Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Angliya kubogi yurtimizda ikki telekanal orqali translyasiya qilinadi. MTJ o‘yinlari namoyishi bo‘yicha ham yangilik bor

Angliya kubogi yurtimizda ikki telekanal orqali translyasiya qilinadi. MTJ o‘yinlari namoyishi bo‘yicha ham yangilik bor

Jurnalist, sharhlovchi Davron Fayziyev o‘z telegram-kanali orqali Angliya kubogi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari translyasiyasi bo‘yicha yangilik bilan bo‘lishdi.

"20 fevral kuni Angliya kubogi o‘yinlari yurtimizda namoyish etilishi mumkinligi haqida yozgandim. Bugun bir qismi «Sport TV» tomonidan uchi chiqarildi. «ZO'R TV» ham Angliya kubogini translyasiya qiladi. Demak "Manchester Siti" qatnashayotgan turnirlardan biri to‘liq formatda ikkita telekanalda namoyish etilishiga harakat ketmoqda.

Yana bir yangilik. O‘zbekiston terma jamoasining JCh saralash o‘yinlari «ZO'R TV» telekanalida ham namoyish etilishi ehtimoli katta. Yilning eng muhim uchrashuvlariniyam muxlislar ikki xil davlat va hususiy telekanallarda ko‘rishi mumkin. Menimcha bu juda yaxshi yangilik. Qaysi sharhlovchini tinglash borasida ham tanlov bo‘ladi tomoshabinda", - deb yozdi Fayziyev.

Kiritildi: 23:25 04.03.2025. O'qildi: 1980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!